my5
Sevimli

Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasiga avvalgi rahbar qaytib keldi

Jamiyat 25.08.2018, 20:22
Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasiga avvalgi rahbar qaytib keldi

2012 yilda Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasini boshqargan Baxitbek Elmanov oradan 6 yil o`tgach qator lavozimlarda ishlab, yana Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi direktori lavozimga tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

«Nukus-FM» radiosi va «Jaslar TV» telekanallari loyihalari muallifi va shu paytgacha rahbari bo`lib ishlab kelgan B.Elmanov ungacha O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi matbuot kotibi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo`linmasi etakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Шарҳлар