my5

Tramp Bayrutdagi portlash hujum bo`lgan bo`lishi mumkinligini aytdi

Dunyo 06.08.2020, 13:01
750
Tramp Bayrutdagi portlash hujum bo`lgan bo`lishi mumkinligini aytdi

Kecha Livan poytaxti Bayrut shahrida kuchli portlashlar sodir bo`lganidan xabaringiz bor. Livan hukumati ushbu holat poytaxtdagi omborlarda ko`p yillardan beri saqlanib kelayotgan portlovchi moddalar sabab yuzaga kelgani haqida bayonot bergan. Bu haqda tarjumon yozmoqda.

Ammo, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu portlashni kimlardur tomonidan ataylab uyushtirilgan hujum deb ta`rifladi. “AQSh Livanga yordam berishga tayyor. Bu portlash dahshatli hujumga o`xshayapti” dedi Tramp seshanba kuni Oq Uyda bo`lib o`tgan brifingda. Ushbu portlashda kamida 78 kishi vafot etdi va minglab odamlar jarohatlandi.

Trampdan Bayrutdagi portlash haqida so`ralganda u AQShning bir qancha generallari bilan uchrashganini, generallar ushbu holat tasodifiy portlash emasligini aytishgani ta`kidladi. Ismlari oshkor qilinmagan genarallarning so`zlariga ko`ra, bu hujum bo`lib, portlagan narsa qandaydir bomba bo`lgan.

Livan prezidenti Mishel Aounning aytishicha, Bayrutdagi portda olti yildan beri 2750 tonna aminokislota xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasadan saqlanib kelingan. Bosh Vazir Hasan Diab xalqqa televideniya orqali qilgan murojaatida ko`plarning hayotiga zomin bo`lgan ushbu portlash uchun javobgarlar bo`lishini ta`kidlagan.

Шарҳлар