my5

Namanganda "Zil" haydovchisi mashina oraqasida turgan 12 yoshli bolani bosib ketib, halok qildi

Jamiyat 24.09.2020, 09:00
335
Namanganda "Zil" haydovchisi mashina oraqasida turgan 12 yoshli bolani bosib ketib, halok qildi

Shu yil 21 sentyabr kuni 16:30 larda, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro Yangiqo`rg`on tumani Madaniyat MFY “Chorvador” fermer xo`jaligi xududida joylashgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan fuqaroga tegishli bo`lgan piyoz ekilgan er maydonidan o`ziga tegishli bo`lgan Zil-130 rusumli avtomashinaga piyoz yuklab, orqaga harakatlanayotganida harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, avtomashina orqa tomonida turgan, Kosonsoy tumanida yashagan, 2008 yilda tug`ilgan 12 yoshli bolani avtomashinaning orqa o`ng balloni bilan bosib ketgan. Bu haqda Namangan IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

Шарҳлар