Joriy yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg, Moskva, Ekaterinburg shaharlari va Boshqirdistondan qirqqa yaqin qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingan, deya xabar bermoqda Agentlik Axborot xizmati.
Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 3 nafari Moskvadan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Ta`kidlanishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.