Kun fotosi: Shakira pardozsiz tushgan suratini e`lon qildi (FOTO)

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 08.02.2016, 11:37

Qo`shiqchi tug`ilgan kunida muxlislariga g`ayrioddiy sovg`a hadya qildi

Bu yil kolumbiyalik qo`shiqchi – Shakira tug`ilgan kunini g`alati tarzda nishonlashni ahd qildi. Shakira muxlislarini xursand qilish maqsadida makiyajsiz tushgan suratlarini Instagram'dagi sahifasida e`lon qildi.

Suratlar 357 mingta "layk" to`pladi. Shakiraning 39 yoshida ham hech qanday pardoz-andoz qilinmagan chehrasi muxlislarni yoqimtoyligi bilan hayratga soldi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ikkikarra “Gremmi” mukofoti sohibasi farzandli bo`lgan. Bu esa u va ispan futbolchisi Jerar Pikening ikkinchi farzandi. Ular rasman turmush qurmagan bo`lsa-da, eng baxtli oilalardan. 

“Baxtli oila qurish uchun pasportda nikoh muhrining bo`lishi shart emas”, - deb hisoblaydi Shakira.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии