Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentda miltillovchi yangicha “disko faralar” paydo bo`ldi (Video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Bugun Facebook'ning «Voditeli Tashkenta» guruhi foydalanuvchilari tomonidan joylangan yana bir video keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Miltillovchi faralarning doimiy ravishda tanqid ostiga olib kelinishi barchaga ma`lum. Biroq bu safargi faralar o`zgacha yangilik bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Foydalanuvchilardan biri joylagan faralarga "disko-fara" deya nom berishga qaror qildik. “Bu yangisi bo`ldi” deydi videoni joylagan Facebook foydalanuvchisi. Avtomobil egasining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida mashina davlat raqamlarini yashirin tarzda namoyish etamiz.

Darvoqe, avtomobillarga tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o`rnatish, xuddi shuningdek ularni o`zgartirib turish O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasiga asosan eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии