Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Germaniya va Turkiya NATOdan qochoqlar bilan bog`liq inqirozni engishda yordam so`radi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Turkiya rahbari bilan Germaniya kansleri Angela Merkel suriyalik qochoqlar soni tobora ortib borayotganini muhokama qildi.

Angela Merkel dushanba kuni Anqarada Turkiya prezidenti Rajap Toyip va mamlakat Bosh vaziri Ahmad Dovud o`g`lilar bilan uchrashdi. Aleppo viloyati shimolida bo`layotgan janglar shiddatli tus olgani tufayli bu masalani hal etish dolzarb muammoga aylandi. Bryussel va gumanitar tashkilotlar Turkiya hukumatidan chegarada nazoratni kuchaytirgan holda Suriyadan oqib kelayotgan o`n minglab qochoqlarni qabul qilishni talab qilmoqda.

Ahmad Dovudo`g`li Aleppo aholisi ustidan javobgarlikni yana Suriya armiyasiga havo orqali yordam berayotgan Rossiyaning bo`yniga qo`ydi. Qochoqlarning noqonuniy ravishda mamlakat hududiga kirib kelishini to`xtatish maqsadida NATOdan yordam so`rash lozimligini aytib o`tdi:

“Turkiya va Germaniya mamlakatlari rasman NATO ga murojaat qilib, suriyalik qochoqlar oqimini to`xtatish maslasini kun tartibiga qo`yishni so`raydi. Biz ittifoqning Egey dengizi akvatoriyasi va chegara kuzatuv monitoring mexanizmidan qisman foydalanishini talab qilamiz”, – deya ma`lum qildi Ahmad Dovudo`g`li.

Angela Merkel Turkiya hukumatining noqonuniy muhojirlar oqimini to`xtatishga qaratilgan kurashda samarali natijalarga erishishida Germaniya hukumati doimo yordam qo`lini cho`zishga tayyorligini bildirdi:

“Noqonuniy ravishda kirib kelayotgan qochoqlar oqimini to`xtatish nafaqat Turkiyaga balki barchamizga tegishli og`riqli masaladir. Ammo Suriyadan kelayotgan, rasman qochoqlik maqomiga ega bo`lgan muhojirlarni qabul qilishga tayyor bo`lishimiz lozim. Ularni qabul qilishda huquqiy baza tashkil etilib, Evropa ittifoqiga a`zo bo`lgan mamlakatlarga adolatli ravishda taqsimlamoq zarur ”, dedi Germaniya kansleri.

U qochoqlar oqimini to`xtatish maqsadida Anqaraga 3 milliard evro miqdorida mablag` ajratishga va`da berdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии