Samarqandda yil boshidan beri yo`l harakati qoidalarini buzish bilan bog`liq 649 ta holat aniqlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.02.2016, 11:13

Yo`lovchi xavfsizligi transport korxonalarining birinchi vazifasi. Ayni shu maqsad bilan Samarqand shahrida viloyatdagi yo`lovchi tashish korxonalari faoliyatiga to`sqinlik qilayotgan omillar hamda yo`lovchi xavfsizligi masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda yo`lovchi tashish faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, xususan yo`lovchi tashish xavfsizligini ta`minlash masalalari yuzasidan viloyat prokuraturasi bo`lim prokurorlari I.Nuriddinov va S.Fayziev so`z yuritdi. Ta`kidlandiki, yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlashda ushbu faoliyat bilan shug`ullanuvchi avtomobillarning kunlik texnik ko`rikdan, haydovchilarning tibbiy ko`rikdan o`tishi, umuman, avtomobillarning ichki va tashqi jihozlanishigacha barcha qoidalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, noqonuniy taksilar faoliyatini ham yo`lovchilarning xavfsizligiga, ham yo`lovchi tashish korxonalari faoliyatiga ta`sir o`tkazmokda.

Joriy yilning yanvar oyida yuqoridagi kamchiliklarning oldini olish bo`yicha tegishli tashkilotlar bilan o`tkazilgan qo`shma reydlarda aniqlangan holatlarga ko`ra, viloyat bo`yicha 649 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo`lsa, ularning 485 tasi lisenziyasiz faoliyat ko`rsatayotgan haydovchilar bilan bog`liq.

Sodir bo`layotgan noxush holatlar ko`pincha harakat xavfsizligiga rioya etmaslik okibatida kelib chiqadi, - deydi agentlik viloyat bo`limi boshlig`i Innatilla Hamraev.              

 - Shu sababdan qo`shma reydlar natijalari asosida bir qator yo`lovchi tashish korxonalari mas`ul xodimlari va haydovchilari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 174 nafar haydovchilarga nisbatan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии