Му5
44

Samsung Galaxy S7`ning ilk suratlari e`lon qilindi

Hi-tech 09.02.2016, 14:56
3454
Samsung Galaxy S7`ning ilk suratlari e`lon qilindi

Internet tarmog`ida Samsung Galaxy S7 smartfonining ilk suratlari paydo bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Taxmin qilinishicha, suratlarda Galaxy S7 smartfonining old qismi va Galaxy S7 Edge smartfonining orqa qismi tasvirlangan.

Yangi smartfonlarning rasmiy taqdimot marosimi 2016 yilning 21 fevral sanasida o`tkaziladi.

Suratlardan ma`lum bo`lishicha, qurilmaning orqa qismi Galaxy S6`niki kabi shishadan emas, plastikdan ishlangan.

Shuningdek, yangi avlod smartfoni avvalgisiga nisbatan ancha ingichkalashganini ham ko`rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikriga ko`ra, smartfonlarning ingichkalashgani ularga “arzon” tashqi ko`rinish bergan.

Шарҳлар