Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Narkoz – sun`iy behushlik xavflimi?

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:

«Aytishlaricha, narkozdan keyin xotira zaiflashib qolarkan. Ba`zilarda soch to`kilishi yoki diqqatni jamlay olmaslik kabilar ham kuzatiladi, deyishadi. Shu rostmi?»

Nargiza Omonullaeva, Navoiy viloyati

 

Sun`iy chaqiriladigan behushlik ko`pchilik nazdida ham vahimali tuyuladi. «Narkozdan so`ng uyg`onmay qolsam-chi» deguvchilar ham yo`q emas. Xo`sh, aslida ham narkozning afzalligi nimada? Bemor uchun qanday foydasi bor? Zarari-chi? Bu haqida tibbiyot fanlari nomzodi Shavkat Sobirov ma`lumot beradi.

NARKOZ DAVOLAMAYDI!

Bu ayni haqiqat! Zero ba`zilar narkoz ham asosiy muolajaga kiritilgan davo chorasi deb o`ylaydi. To`g`ri, narkoz uchun tegishli preparatlar bor. Ammo ular yurak kasalliklari, bosh og`riqlari yoki suyak xastaliklarini davolamaydi. Shunchaki jarrohlik vaqti bemor organizmini himoya qiladi, xolos.

QAY BIRI AFZAL?

Umumiy narkoz va mahalliy og`riqsizlantirish usullari haqida eshitgansiz. Xo`sh, ikkisining farqi nimada? Mutaxassislar, hozirda mazkur usullar baravar qo`llanilishi mumkinligini ta`kidlashsa-da, umumiy narkoz bemorga ham shifokorga ham birdek qulay ekanligini aytishadi. Umumiy narkozda og`riq, noqulaylik va bezovtalik kabilar sezilmaydi. Qolaversa, bemorning hushsizligi shifikor xatti-harakatlari uchun ham qulay. Mahalliy anesteziya esa og`riqsizlantirish ta`siriga ega bo`lsa-da, bemor hushida bo`lib, jarayonni sezib turadi. Muolaja vaqti qaysi usul qo`llanilishi albatta anesteziolog tomonidan hal qilinadi.

OCh QORINGA QILINADIMI?

Bilasiz, jarrohlik rejali, shuningdek shoshilinch tarzda bajarilishi ham mumkin. Albatta, rejali jarrohlikka yo`llanma bo`lganida bemor amaliyotga tayyorlanadi. Qon tahlili, peshob suyuqligi, qon bosimi, yurak qon-tomir faoliyati tekshiriladi. Rejali jarrohlikda bemorga bir kun avval tozalovchi huqna (klizma) qilinadi, engil taom iste`mol qilish buyuriladi. Ertasiga esa amaliyot och qoringa o`tkaziladi. Nega endi to`q qoringa emas, dersiz?! Jarrohlik vaqti turli holatlar yuz berishi mumkin. Bundan tashqari bir kun avval tozalangan organizm amaliyot vaqti kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelmasligidan himoyalaydi. Agar shoshilinch jarrohlik bo`lsa, bemor yoshi, xastaligi, jarrohlik vaqti va umumiy ahvolidan kelib chiqib, anesteziolog va shifokorlar tomonidan zarur choralar ko`riladi.

TURLARI. QAYSI MA`QUL?

Tibbiyotda narkozning turlari ko`p. Asosiylari esa apparat maskali (ingalyasiya) narkoz, venaga yuboriladigan total anasteziya hamda endotraxeal narkoz. Apparat maskali narkoz asosan bolalarda qo`llanilib, uzoq vaqt talab etilmaydigan muolajalarda foydalaniladi. Nafas olish yo`liga yo`naltirilgan narkozda kislorod bilan birga anastetiklar ham yuboriladi. Kattalarda esa venaga yuboriladigan total narkoz turi qo`llaniladi. Shuningdek, ingalyasiya usulini ham qo`llash mumkin, biroq bu usulda kattalar organizmini hushsizlantirish qiyin.

BEMOR UYG`ONIB KETSA-ChI?

Chindan ham agar muolaja vaqti bemor uyg`onib ketsa yoki bir necha soatga mo`ljallangan jarrohlik uzoqqa cho`zilsa, nima bo`ladi? Anesteziolog bu kabi holatlarining hisobini olgan holda amaliyot vaqti narkozni nazorat qiladi. Narkoz preparatlari birvarakayiga emas, bosqichma-bosqich yuboriladi. Chunki amaliyot vaqtida kutilmagan holatlar ham bo`lishi mumkin. Odatda anesteziolog jarrohlik tugashiga 40 daqiqa qolganida narkoz preparatlari yuborishni to`xtatadi. Bu amaliyot jarayonidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bordiyu jarrohlik vaqtida bemor uyg`onib ketsa, qon ketsa yoki amaliyot cho`zilib ketsa, vaziyatdan kelib chiqib, zarur choralar qo`llaniladi.

ASORATLARI BORMI?

Organizmga yuborilgan har qanday preparatning nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin. Jumladan, narkozning ham asoratlari yo`q emas. Narkozni boshidan o`tkazganlar bosh aylanishi, og`rishi, ko`ngil behuzur bo`lishi, uyqusirash kabilardan shikoyat qilishadi. Tibbiyotda bu hodisalar narkozdan keyingi holat deyiladi. Ayrimlar narkozdan keyin sochim to`kildi, tirnoqlarim sinuvchan, xotiram pand berib qolayapti, deydi. Ba`zida esa ruhiy holat o`zgarishlarini ham eshitib qolamiz. Aslida esa ruhiyat va xotira buzilishlariga narkozning dahli yo`q. Soch va tirnoqlar ham bundan emas. Kasallik muolajasidan so`ng yuzaga kelgan bo`lishi mumkin, ammo narkozdan bo`lmaydi.

KIMLARGA MUMKIN EMAS?

  • O`tkir yurak miokardining boshlang`ich holatlari;
  • Stenokardiya (barqaror va noturg`un holatlari);
  • Qon bosimining me`yordan pastligi;
  • Yurak etishmovchiligi;
  • Bronxial astma xurujlari;
  • Pnevmoniya;
  • Nafas yo`llarining kuchli yallig`lanishi 
  • Tana haroratining ko`tarilishi
  • tinimsiz yo`tal kuzatilganida...

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии