San`at muzeyida “Buyuk tafakkur sohiblari” deb nomlangan ko`rgazma tashkil etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.02.2016, 20:51

O`zbekiston davlat san`at muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan “Buyuk tafakkur sohiblari” deb nomlangan ko`rgazma tashkil etildi.

“Buyuk tafakkur sohiblari” deb nomlangan mazkur ko`rgazma Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi, ular yashagan davr muhitini gavdalantirish, yoshlarning bu tabarruk zotlar surati va siyrati borasidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Ko`rgazmada Ch.Axmarov, J.Umarbekov, T.Sa`dullaev singari taniqli musavvirlarning asarlari namoyish etilmoqda.

Tadbir davomida adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar ishtirokida ijodiy uchrashuv o`tkazildi. San`atkorlar tomonidan ulug` shoirlarning ruboiylari va dostonlaridan parchalar o`qilib, g`azallariga bastalangan qo`shiqlar ijro etildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии