Aktyor Xyu Jekman teri saratoni bilan qanday kurashgani haqida gapirib berdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 10.02.2016, 07:31

Avstraliyalik aktyor Xyu Jekman Instagram`dagi sahifasiga burnidan chiqqan o`simtani jarrohlik yo`li bilan oldirib tashlagandan keyingi suratlarini qo`ydi va o`z o`quvchilariga quyosh nurlaridan saqlovchi vositalardan foydalanishni maslahat berdi:

“Mana quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanmaganim uchun saratonning eng engil formasi bo`lmish bazalnokatakli karsinomaga yo`liqdim. O`zingizni quyosh nurlaridan asrang va tez-tez shifokor ko`rigidan o`tib turing”, deb yozdi aktyor.

The Guardian ning ta`kidlashicha, bu teri saratoniga yo`liqqan aktyorning beshinchi marotaba jarrohlik operasiyasini boshdan o`tkazishidir. 2013 yilda bunday o`simta burni ustidan so`gal tarzida o`sganida, oldirib tashlagan. Jekmenning aytishicha, u endi har uch oyda shifokorlar ko`rigidan o`tmoqda, agar yana o`simta o`sadigan bo`lsa, u yana jarrohlik operasiyalarini boshdan kechirishi mumkin.

Saratonning bu turi insonning quyosh nurlari tushadigan teri qismida asta-sekinlik bilan rivojlanishi mumkin.

47 yoshli Xyu Djekman “Iks odamlar” filmidagi mutant-super qahramon roli orqali mashhurdir. Bundan tashqari u 2011 yilda ekranlashtirilgan “Xo`rlanganlar” va 2015 yilda suratga olingan “Pen: Netlandiyaga sayohat” filmidagi qaroqchi Qora soqol obrazlarini ham yaratgan.

 

 

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии