Bavariyada temir yo`l halokati: Ikki poezd qanday qilib bir yo`lga tushib qoldi?

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 10.02.2016, 10:57

Germaniyadagi poezdlar halokati oqibatida halok bo`lganlar soni 10 nafarga etdi, deb xabar beradi “Euronews”. 

Shuningdek, yana bir kishi bedarak yo`qolgan. Uni beshikast topish imkoni tobora kamayib bormoqda.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Bavariya erida “Meridian” kompaniyasiga tegishli ikki poezd to`qnashuvida 80 dan ortiq yo`lovchilar jabrlangan. 18 kishi og`ir tna jarohati olgan. ikkala poezdning mashinistlari ham halok bo`lgan.

9 fevral, seshanba kuni ikki yo`lovchi poezdi hozircha noma`lum sabablarga ko`ra, bitta yo`lga tushib qolgan va bir-biriga qarab harakatlana boshlagan. Ikki poezd to`qnashuvi mahalliy vaqt bilan 6:48 da Myunxendan 60 kilometr janubiy sharqdagi Bad-Aybling aholi yashash punkti yaqinida sodir bo`lgan.

Poezdlar o`rmon va daryo oralig`idagi hududda to`qnashib, bir-biriga shunday zarar etkazdiki, oqibatda poezdlardagi bir necha vagonlar izidan chiqib, otilib ketgan. Germaniya temir yo`llarida bunday yirik temir yo`l halokati so`nggi bor 1998 yilda kuzatilgan edi.

Yo`lovchilardan biri quyidagicha hikoya qiladi: 

“ Biz qo`qqisdan poezd sekinlashayotganini, so`ng qattiq zarbni his qildik. men oldinga otilib ketgan edim. Ko`zimni ochib qarasam, atrof qop-qorong`u.  Ingrash va yig`i ovozi eshitilardi. Yonginamda behush bolaning yotganini ko`rdim. Uni ko`tarib olib, oldimdagi o`rindiqlardan biriga o`tqazdim. So`ng atrofimdagilardan jarohatlanganlar yo`qmi, deb so`radim. Biz o`tirgan vagondagi yo`lovchilar orasida jiddiy jarohatlanganlar yo`q edi. Shundan keyin boshqa bir nechta yo`lovchilar bilan birga avariyaviy chiqish eshigini ochib, tashqariga chiqdik. 

Hozirda poezdlarning “qora quti”lari topilgan. Hozirda ularni o`rganish ishlari olib borilmoqda. Germaniya Federasiyasining transport vazirligi halokatning asl sababi ma`lum bo`lmaguncha turli mish-mishlar tarqatmaslikni so`radi. Terakt haqidagi gap-so`zlarni hukumat vakillari rad etdi.

Bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan poezdlar oraliqlagi bekatlarda boshqa-boshqa yo`llarga tushib olishi kerak edi. Nima uchun bunday bo`lmagani sabablari hozirda o`rganilmoqda. 

Shuni ham ta`kidlash kerakki, poezdlar katta tezlikda kelib bir-biriga urilgan. Soatiga 100 kilometr tezlikda bir-biriga yaqinlashayotgan poezdlarda ko`rinish darajasi past bo`lgani mashinistlarga tezlikni kamaytirib, to`qnashuvga tayyorgarlik ko`rish imkonini bermagan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии