Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Yaponiyada O`zbekiston fuqarolari uchun yangi ish o`rinlari ochiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Yaponiya hukumati bilan imzolangan bitimga muvofiq, respublikamizning yapon tilini biladigan va tegishli ixtisoslikka ega fuqarolari ushbu mamlakatda stajirovka o`tashlari mumkin, deb yozadi “Uz24.uz” O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi yuristi Aziz Inakov so`zlariga tayanib.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda bir necha yo`nalishda ish olib borilmoqda. Xususan, agentlik va Yaponiyaning “Chuo Sangyo Shinko” assosiasiyasi o`rtasida imzolangan bitimga muvofiq, respublikamizning yapon tilini biladigan va tegishli ixtisoslikka ega fuqarolari ushbu mamlakatda stajirovka o`tashlari mumkin.

Respublikamiz fuqarolarining Rossiya Federasiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun ularni ishga yollashni tashkillashtirish to`g`risida bitim loyihasi ko`rib chiqilish bosqichida turibdi. 

Shuningdek, chet el mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Polsha, O`mon Sultonligi va boshqa davlatlar bilan mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik o`rnatilmoqda.

O`zbekiston fuqarolari mamlakat qonunlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi hamda hududlarda joylashgan Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo`yicha xo`jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning ko`magida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish huquqiga egadirlar. So`nggi ikki yil davomida Chexiya, Shveysariya, Fransiya, BAA, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ishlash uchun shunday ruxsatnomalar berilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии