Bandlikka ko`maklashish markazlari har yili 30 mingga yaqin yoshlarni kasb-hunarga qayta o`qitadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.02.2016, 05:35

O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan korxonalarning buyurtmalari asosida har yili 25-30 mingga yaqin ish bilan band bo`lmagan yoshlar kasb-hunarga qayta o`qitiladi. Buning uchun 217 ta bazaviy kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlaridan foydalaniladi.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “O`zbekistonda kasb-hunarga o`qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi samarali amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida Toshkent shahrining Sergeli tumanida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag`lari hisobiga Kasb-hunarga o`qitish markazi tashkil etildi.

Ushbu Markaz o`zining imkoniyatlari va amaliy ahamiyatiga ko`ra hamda  eng zamonaviy o`quv-laboratoriya uskunalari, o`quv-ishlab chiqarish dastgohlari va amaliyot qo`llanmalari bilan bilan o`ziga xos betakror hisoblananib, O`zbekistondagi kasbiy ta`lim tizimida o`zining munosib o`rniga ega.

Markaz 360 o`quvchi o`ringa ega bo`lib, boshqa hududlardjan kelgan o`quvchilar uchun qulay sharoitlarga ega bo`lgan 100 o`rinli o`quvchilar turar joy binosi ham mavjud.

O`qish muddati – 10 oy, shundan bevosita markazda kas-hunarga o`qitish 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti o`tash.

Markazda yuqori malakaga ega bo`lgan 24 nafar o`qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari mehnat faolityati yuritadi, ulardan 10 nafari Koreya Respublikasida maxsus tayyorgarlikdan o`tishgan. Bundan tashqari KOICA tomonidan 8 nafar ko`ngilli o`qituvchilar Koreyadan markazga yordamga yo`llangan.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik bu bilan chegaralanib qolmaydi.

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Hukumatlari o`rtasida imzolangan Kelishuvlar doirasida Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ham bunday Kasb-hunarga o`qitish markazlarini tashkil etish bo`yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27