Poytaxtimizda mini-futbol bo`yicha Osiyo chempionati boshlandi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 11.02.2016, 05:42

Mazkur nufuzli musobaqa O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston futbol federasiyasi, O`zbekiston mini-futbol assosiasiyasi tomonidan Osiyo futbol konfederasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

“O`zbekiston” sport majmuasida 10 fevral kuni Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston mini-futbol bo`yicha Osiyo chempionatiga uchinchi bor mezbonlik qilmoqda. Qit`a miqyosidagi bellashuvlarda salmoqli yutuqlarni qo`lga kiritgan mamlakatimiz mini-futbol ustalari xalqaro maydonda o`z mavqei va obro`-e`tiboriga ega. Hamyurtlarimiz 2001 yili Eronda, 2006 yili Yaponiyada va 2010 yili Toshkentda o`tkazilgan qit`a chempionatlarida uch marotaba kumush medalga sazovor bo`lgan. Terma jamoamiz a`zolari 2005 va 2014 yillarda Vetnamda, 2007 yil Yaponiyada o`tgan Osiyo chempionatlarida shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarilgan. 

“O`zbekiston” sport majmuasi va Badiiy gimnastika bo`yicha bolalar-o`smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi zallarida o`tadigan Osiyo chempionatida qit`amizning o`n oltita terma jamoasi g`oliblik uchun bahslashmoqda. Musobaqada yuqori natija qayd etgan eng kuchli beshta jamoa Kolumbiyada o`tkaziladigan jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritadi. 
 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии