Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Anjelina Joli Selin Dionni gavdalantiradi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 11.02.2016, 12:04

Selin Dion haqida suratga olinadigan filmda bosh qahramon rolini Anjelina Jolining o`zi ijro etadi.

Anjelina Joli Selin Dion va Rene Anjelelning hayoti, muhabbati va ijodiga bag`ishlangan filmni suratga olish loyihasi bilan band, tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborilgan. 

Joli ba`zi bir mayda detallarni muhokama qilish uchun Selin Dion bilan uchrashishni rejalashtirgan. Biroq joriy yilning 14 yanvar kuni Selin Dionning turmush o`rtog`i Rene Anjelel 74 yoshida uzoq davom etgan tomoq saratoni kasalligidan vafot etgan, oradan bir kun o`tib, ukasi Daniel ham aynan saraton kasalligidan olamdan o`tganligi tufayli hozircha Anjelina Selin Dionni bezovta qilgisi yo`q. 

Selin Deon va Rene Anjelel o`rtasidagi rishta zamonaviy shou-biznes hayotida eng shov-shuvli va mustahkam nikohlardan biri deb tan olingan edi. 

Rene ilk marotaba Selinning qo`shiqlarini 1980 yilda u 12 yoshidaligida eshitgan. Uning ovozidan hayratlangan 40 yoshli Anjelel 5 yildan keyin o`smir qizni yulduzga aylantiradi. 

Shu yili u xotinidan ajrashadi, uch yildan keyin esa “Evrovidenie” tanlovida g`olib bo`lgan Selinni tomoshabinlar ko`z o`ngida o`pib, tabriklaydi. Yangi loyiha uchun manba izlayotgan Anjelina Jolini bu muhabbat tarixi juda qiziqtirib qoldi. Joli hozirda Selin Dion og`ir kunlarni boshdan kechirayotganligi sababli, uni bezovta qilishni lozim topmadi, ammo uning hayotini kinoga ko`chirish niyati borligini qo`shiqchiga etkazdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30