Му5
44

Twitter 2 yildan beri birinchi marta auditoriyasini yo`qotdi

Hi-tech 11.02.2016, 16:02
2419
Twitter 2 yildan beri birinchi marta auditoriyasini yo`qotdi

Twitter ijtimoiy tarmog`ining foydalanuvchilari 2015 yilning to`rtinchi choragida ikki millionga kamaydi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bu servis auditoriyasining 2013 yildan beri birinchi marta qisqarishi.   

O`tgan yilning oktyabr-dekabr oyida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni bir oyda 305 million kishini tashkil etgan. Yilning avvalgi choragida esa foydalanuvchilar soni 307 million kishini tashkil etgan edi. 

Twitter mas`ullarining ma`lumot berishicha, 2015 yilning so`nggi choragida kompaniya 710,5 million dollar daromad olgan. Bu esa 2014 yilning mazkur choragiga nisbatan 48 foizga ko`proq. Yil mobaynida kompaniyaning umumiy daromadi 2,2 milliard dollarni tashkil etgan.   

Kompaniyaning 2015 yilning so`nggi choragida ko`rgan zarari 90,2 million dollarga etgan. Yil bo`yicha umumiy zarar miqdori esa 521 million dollarni tashkil etgan.

Шарҳлар