Egey dengizida o`tkazilayotgan o`quv-sinov mashg`ulotlari vaqtida Gresiya vertolyoti yo`qoldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 11.02.2016, 16:27

Gresiya harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot, 11 fevral kuni Egey dengizining  Leros orolida o`tkazilayotgan o`quv-sinov mashg`ulotlari vaqtida bedarak yo`qoldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Agusta-Bell AB.212 vertolyoti  “Astrapi 2/16” manyovrida qatnashayotgan “Nikiforas Fokas” harbiy kemasi palubasidan havoga ko`tarilgan. Vertolyot dengiz yuzasini o`rganish uchun yuqori bo`lmagan balandlikda parvozni amalga oshirgan. U havoga ko`tarilgandan bir necha daqiqa o`tgach, aloqa uzilgan. Ekipaj trevoga signali bermagan, ular uch kishidan iborat bo`lishgan. Qidiruv ishlarida Gresiya harbiy havo kuchlari va kemalari ishtirok etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии