Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Mavluda Asalxo`jaeva Gulsanam Mamazoitovani tanqid qilganlarga nisbatan fikr bildirdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 12.02.2016, 12:25

Xonanda Mavluda Asalxo`jaeva o`zi haqidagi “To`yning qo`shig`ini kuylaydi” degan fikrlarga javoban “Shaxsan o`zim odamlardan bunday tanqidlarni eshitmaganman. To`g`ri, bir vaqtlar mana bu qo`shiqni bekor kuylabsiz deyishganda xatomni tan olgan paytlarim ham bo`lgan.Bizda san`atkorlar to`y va tadbirlarning ortidan pul topadi. Konsertlarga talab u qadar katta emas. Yiliga 10-15 kunlab konsert qo`ygan xonandalarimiz ham to`yga borishadi. Chunki daromadni shundan topamiz”, deya javob berdi. Bu haqda u “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Shuningdek, u xonanda Gulsanam Mamazoitovani tanqid qilganlarga quyidagicha fikr bildirdi:

“Nega yoshlar o`zbekcha qo`shiqlarni eshitmayapti deyish, birovni tanqid qilishdan oson ish yo`q. Kim xato qilmaydi, kimda kamchilik yo`q? Gulsanam Mamazoitova haqida ham juda nojo`ya tanqidlarni eshitdim. Agar uning ijodi ham tanqid qilingan bo`lsa, qolganlarga nima deyish kerak, hayronman. Gulsanamning nimasi yomon? Madaniyatli, odob-axloqi joyida, tarbiyali qiz. O`zbekistonning san`atini dunyoga olib chiqayotgan bo`lsa, bundan ortiq yana nima qilsin? Mana 5 kun jonli ijroda konsert beryapti. Kamchiligini boshqalarning yonida aytib izza qilmasdan, yuziga aytish kerak. O`sha tiliga erk berayotganlar hadeb yoshlarni yomonlagandan ko`ra, ijod qilib, o`zini ko`rsatsin, o`rnak bo`lsin”

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30