Qalbaki dorilardan, ehtiyot bo`ling!

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 12.02.2016, 13:58

Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining bergan ma`lumotiga ko`ra, qalbaki dori-darmonlardan sayyoramizda minglab insonlar hayotdan ko`z yummoqda. Bunday jinoyatning oldini olish uchun Evropa Kengashining tashabbusi bilan 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab “Medikrim” halqaro konvensiyasi kuchga kirdi, deb xabar berdi “Euronews” nashri.

Soxta dori-darmonlar inson sog`ligiga jiddiy xavf soladi. Bu medikamentlar tarkibida zaharli moddalar mavjud bo`lib, hattoki insoning dunyodan ko`z yumishiga ham sabab bo`ladi. Xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotining bergan statistik ma`lumoti bo`yicha, yiliga bezgak kasalidan ko`ra, dori-darmondan zaharlanish oqibatida 200 mingdan ortiq kishi vafot etadi. “Jarrohlik operasiyasini boshidan o`tkazayotgan yosh bolaga adrenalin deb qilingan ukol o`rnida suv bo`lsa, bu bolaning o`limini qancha pul bilan baholash mumkin? Sog`liqni saqlash tizimidagi korrupsiya inson kulfatida, baxtsizligida o`z aksini topadi”, – deydi Transparency International tashkiloti rahbari Uget Label.

2005 yilda Keniyada o`tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatdiki, bu mamlakatdagi dori-darmonlarning 30 foizi qalbaki, ya`ni suv va bo`rdan iborat bo`lgan. Soxta darmon-savdosi narkobiznes va qalbaki pul yasashdan ko`ra 20-25 barobar ko`proq daromad keltiradi. Masalan, qalbaki pul yasash 20 ming dollar, qalbaki sigareta ishlab chiqarish 43 ming dollar foyda keltirsa, soxta dori-darmon ishlab chiqarish 200 mingdan 450 ming dollargacha sof daromad keltirishi mumkin.

Bu balodan faqatgina nochor davlatlar emas, balki AQSh va Buyuk Britaniyadek qudratli davlatlar ham chetda qolmadi. Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasida bu ko`rsatkich 70 foizni tashkil etdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08