Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Fransiyada bir kunda ikkita maktab avtobusi halokatga uchradi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 12.02.2016, 14:49

Fransiyada yon qanotning uzilishi oqibatida maktab avtobusi yo`l-transport hodisasiga uchradi. Bu voqea payshanba kuni ertalab, Roshfor shahrining g`arbiy departamentida ro`y berdi, deb xabar berdi Euronews nashri. 

Avtobus salonida 20 kishi bo`lgan. Olti o`quvchi portlash natijasida voqea joyida halok bo`lgan, uch kishi yaralangan, deb xabar berdi Fransiya transport ishlari vaziri Alan Vidalis. Bugun ertalab yana bir maktab avtobusi yo`llarning muzlab qolganligi sababli Fransiyaning sharqiy departamentlaridan birida halokatga uchradi. Avtobus salonidagi 32 ta odamdan 2 kishi vafot etgan, 7 kishi engil tan jarohati olgan. Voqeaga oydinlik kiritish maqsadida har ikki YTH bo`yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Taxminlarga ko`ra, halokatga noqulay ob-havo sharoiti va tezlik sabab bo`lgan.

Avtobus haydovchilariga “Ehtiyotsizlik oqibatida inson o`limiga sabab bo`lish va tan jarohati etkazish” aybi qo`yildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob