Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rayhon turmush o`rtog`i haqidagi savollarga javob berdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:

Xonanda Rayhon G`anieva “Kimlarni sog`inasiz...Sobiq eringiz yo yana kimlardir?” degan savolga “Yo`qotish –  ham o`z o`rnida kerak! Bu hayotda nimanidir o`rgatadi. Insonlar hayotingga kirib keladi va ketadi bir kun... Har bir holat yangi bir saboq!” deya javob berdi.  

“Qahvangizga necha qoshiq shakar solishni biladigan” insonni topa oldingizmi? Yolg`iz ayolga suyanadigan elka kerak degan naql bor” degan savolga esa Rayhon quyidagicha javob berdi: 

“Yo`q... Biroq, hayotimda kim bor yo nima yo`q, Xudoga shukur qilaman. Juda baxtliman. Har qanday vaziyat bo`ladi. Kulaman, yig`layman... Bu hayot. Uning ranglari turfa. Hammasi bir maromda kechsa ham zerikarli bo`ladi. Mana, ob-havo ham o`zgarib turadi. Qorning o`z o`rni bor, yomg`irsiz ham bo`lmaydi. Quyosh qadri bulutli va sovuq damlarda bilinadi. Boriga shukur qilgan odam hech qachon kam bo`lmaydi”.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии