Samarqand viloyatidagi bir nechta qishloq vrachlik punktlari faoliyati to`xtatildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.02.2016, 16:39

 Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi bir nechta qishloq vrachlik punktlari yopildi, deb xabar beradi “Samarkandskiy Vestnik”.

QVPlarning yopilishiga ular joylashgan binolarning qurilish talablariga javob bermasligi sabab bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Pastdarg`om tumanidagi “Mingboev”, “Yangi Ravot”, “Mash`al”, “Zarbdor”, “Gumbaz” kabi qishloq vrachlik punktlari binolari qurilish talablariga javob bermagani uchun yopilgan.

 Hozirgi kunda viloyatdagi barcha QVPlar “Salomatlik-2” dasturi bo`yicha yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ammo, ularning ko`pchiligida elektr quvvati bilan taminlash bo`yicha muammolar mavjud.  Shu sababli, o`z vaqtida tahlil o`tkazish, asbob-uskunalarni sterillash va emlash vaksinalarini saqlash imkoni yo`q.   

“Shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida isitish tizimi va suv bilan ta`minlash borasida ham muammolar mavjud. Bu esa bemorlarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga ta`sir o`tkazmay qolmaydi”, —deyiladi xabarda.

 

 

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии