Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

O`zbekistonlik yoshlar #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Twitter foydalanuvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag`ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqdi.

Aksiya 14 fevral kuni soat 14:00 dan start olishi oldindan ma`lum qilinganiga qaramay, Toshkent vaqti bilan 07:30 dan boshlab nafaqat O`zbekistondagi, balki xorijda ta`lim olayotgan o`zbekistonlik internet faollari #BoburDay heshtegi ilova qilingan ko`plab tvitlarni yozishga kirishdi.

 «Hashtags.org» sayti ma`lumotlariga ko`ra, soat 14:00 gacha heshtegdan foydalangan holda 49 ming, keyingi bir soatda esa 72 400 ta tvit yozilgan.

#BoburDay heshtegi ishtirokida Twitter’da 300 mingga yaqin, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida esa 150 mingdan ortiq postlar qoldirilgan. Aksiya davomida ijtimoiy tarmoqlarda 5 millionga yaqin fikr, mulohaza va munosabatlar bildirilgan, deya xabar beradi Daryo nashri.

Ushbu aksiyada O`zbekiston bilan birga dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashdi. O`zbekistonlik talaba yoshlar tashabbusini san`atkorlar qo`llab-quvvatlab turdi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии