Yaponiya bosh vaziri xotiniga itlarga mo`ljallangan dorini ichirganini aytdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 10:14

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o`zining parlamentdagi chiqishida rafiqasiga yanglishib, itlar uchun mo`ljallangan biofaol qo`shimchani ichirgani haqida gapirib berdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Sindzo Abening aytishicha, u Yaponiyada ommalashgan antioksidantni xarid qilgan. Keyinroq ma`lum bo`lishicha, xuddi shu preparat itlarning sog`lig`ini saqlash uchun ham qo`llanilar ekan.

“Kunlardan bir kun men rafiqamga sezamin berdim. U dorining hammasini ichib yubordi. Shundan keyingina biz bu dorining hayvonlar uchun mo`ljallanganini bilib qoldik”, —deydi bosh vazir.

Siyosatchi dorining tarkibini tekshirib ko`radi va ularning mutlaqo bir xil tarkibga ega ekanligiga amin bo`ladi.
Sindzo Abening rafiqasi Akie Abe Yaponiyada nozik didi va o`zining boy yumor hissi bilan mashhur. Bosh vazir itlar uchun mo`ljallangan biofaol qo`shimcha haqidagi rafiqasining fikrini ma`lum qilmagan.

Abe bu voqeani bir sabab tufayli yodga oldi. Muzokaralar jarayonida deputatlardan biri hayvonlar uchun mo`ljallangan mahsulotlardan ularning egalari ham foydalansa, bunday mahsulotlarga iste`mol solig`i qiymatini oshirish taklifini kiritdi.

Sezamin— o`zida shamollashga qarshi hamda antioksidant vositalarni saqlovchi xususiyatlarga ega ozuqaviy qo`shimcha.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии