Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Amerikalik reper Kane Uest Mark Sukerbergdan milliard dollar qarz so`radi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 14:26

Amerikalik reper Kane Uest Facebook asoschisi Mark Sukerbergdan milliard dollar pul so`radi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Reper o`z istagini Twitter ijtimoiy tarmog`i orqali bildirdi. U shuningdek, barcha muxlislaridan bu ma`lumotni Sukerbergga etkazishni so`ragan. 

“Mark Sukerberg, iltimos Kane Uestning g`oyalariga milliard dollar sarmoya kirit”, — deb yozdi reper 14 fevral kuni.

Mazkur post 27 ming marta retvit qilingan. 

Uest bundan oldin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marta Facebook asoschisiga murojaat qilgan edi. 
“Mark Sukerberg, bilaman, ertaga sening tug`ilgan kuning. Ammo ertagacha menga qo`ng`iroq qila olmaysanmi?” , —  deb yozgan edi Kane 15 fevral kuni. 

Bir necha daqiqadan so`ng esa u “Mark, men sendan ommaviy ravishda yordam so`rayapman” deya qo`shimcha qildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

Savol-javob

SUG'DIYONA