Qalbaki chiptadan ogoh bo`ling!

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 14:34

“Mo``jiza media” kompaniyasi tomonidan 19-21 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilayotgan Mavluda va Guli Asalxo`jaevalarning konsert dasturi taklifnomalarining qalbaki nusxalari ko`payganli bois, kompaniya qalbaki chiptalardan ogoh bo`lishni so`rayapti.

Ma`muriyat haqqoniy taklifnoma nusxalarining belgilarini sanab o`tdi. 

Diqqat qiling va ogoh bo`ling! Taklifnomada quyidagi 3 element borligiga amin bo`lgach xarid qiling: 

1-Kompaniyaning ko`k rangli doira shaklidagi muhri (pechat).
2-Kompaniyaning qizil rangli to`rtburchak nazorat tamg`asi.
3-Kompaniya boshlig`ining qora siyohda qo`yilgan imzosi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии