Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Dog`istondagi teraktlarda uch nafar polisiyachi va xudkush halok bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 15:33

15 fevral kuni Dog`istonning Jomikent YHXB posti yaqinida yuz bergan portlash to`rt kishining hayotiga nuqta qo`ydi. Yana 5 kishi jiddiy jarohat oldi. Xabarlarda aytilishicha, ulardan biri jiddiy jarohatlangan va og`ir ahvolda.

Ma`lumotlarga ko`ra, postda ko`rik uchun to`xtatilgan Lada Priora avtomobili portlatib yuborilgan. Dastlabki taxminlarga ko`ra, terakt xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Avvalroq, avtomobilning gaz balon uskunasi nosozligi oqibatida portlab ketgani taxmin qilingandi.

Portlash oqibatida halok bo`lganlar soni uch kishiga etdi. Ulardan biri mahalliy polisiyachi, ikkinchisi Mordoviyadan jalb etilgan polisiya xodimidir. Voqea joyidan yana bir noma`lum shaxsning jasadi topilgan, tahminlarga ko`ra, u portlashni uyushtirgan xudkush, deya xabar beradi TASS agentligiga Dog`iston huquq tartibor organlari.

Respublika huquq tartibot organlarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, mazkur hodisa “Janubiy terrorchilik guruhi” jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25