O`zbekistonlik olimlar kamqonlik kasalligini davolovchi yangi preparat yaratdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 16:33

O`zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari mahalliy xomashyo asosida kamqonlik kasalligini davolovchi eritim preparatini yaratdi. 

Hayvonlarning bezidan olingan ushbu shifo vositasi organizmda temir moddasi etishmovchiligida yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi va uni tibbiyot amaliyotiga qo`llashga ruxsat etildi. 

O`zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Abbosxon To`raevning ma`lum qilishicha, eritim analoglariga ko`ra bir necha barobar samarador jihatlari bilan ajralib turadi. Uning asosida muolaja o`tkazilganda kasallikni davolash muddati bir necha barobar qisqardi va bemorning salomatligi tez tiklanishi ma`lum bo`ldi. 

Keyingi yillarda institut olimlari yaratgan 15 dan ziyod innovasion ishlanma tibbiyot, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga tatbiq etildi. Yana yigirmaga yaqin ishlanma sinovlardan muvaffaqiyatli o`tdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08