my5
Sevimli

Yomg`ir, qor... 5 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti

Jamiyat 04.03.2021, 21:30
Yomg`ir, qor... 5 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti

O`zbekiston Gidrometeoroliya markazi 5 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkent shahri

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston va Xorazm 

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyati

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kechasi 5 martda kuchayadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Шарҳлар