Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Argentinada qizil ko`rsatgan hakam otib o`ldirildi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:

Argentinaning Kordoba shahrida 48 yoshli hakam Sezar Flores futbolchiga qizil kartochka ko`rsatganidan so`ng o`sha futbolchi tomonidan otib o`ldirildi. Bu haqda goal.com nashri xabar bermoqda

Maydondan chetlatilgani uchun g`azabga kelgan (ismi aniqlanmagan) futbolchi hakamga qarata uch marotaba (boshi, bo`yni va ko`kragiga) o`q uzdi. 

48 yoshli Sezar o`sha joyning o`zida jon berdi. Shuningdek, maydonda to`p surayotgan Uolter Sarate ham jarohat olgan va shu zahoti shifoxonaga etkazilgan. 

Ta`kidlash kerakki, hakamning joniga qasd qilgan futbolchi mamlakat polisiyasi tomonidan qidirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram