Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Turkiya harbiy havo kuchlari Gresiya chegarasini bir sutkada 20 marta buzdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Gresiya Anqara Egey dengizida hozir bo`lish uchun migrasiya inqirozidan unumli foydalanishi mumkinligidan xavfsiramoqda, deya xabar beradi “TASS” nashri. 

Dushanba kuni Turkiyaning oltita qiruvchi samolyoti Egey dengizining Gresiya havo kengliklari chegarasiga noqonuniy ravishda, sutkasiga 20 marotabalab uchib kirdi. Grek harbiy havo kuchlari “chaqirilmagan mehmonlarni” bir necha marotaba ortga qaytarishga muvaffaq bo`ldi.  

Voqea NATOning migrasion oqimni nazorat qilish, Egey dengizida kontrabandaga qarshi kurash operasiyasini o`tkazish oldidan bo`lib o`tdi. 10-11 fevral kuni NATOning Mudofaa vazirlari uchrashuvida Germaniya qo`mondonligiga qarashli ikkinchi doimiy dengiz kemalari guruhi ittifoqini bu hududga yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии