Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ichida sovg`asi bor, baliqli «syurpriz»

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 16.02.2016, 16:44

Zarur masalliqlar: 600 gr. baliq go`shti; marinadlash uchun: 250 ml. suv, 100 ml. o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq sirka, tuz, murch; qiyma uchun: 150 gr. pishloq, 2 dona qaynatilgan tuxum, 2 bosh piyoz, bir bog` petrushka. 

Tayyorlanishi:

  • 1. Marinadlash uchun mo`ljallangan masalliqlarni aralashtiring. Baliq go`shtini o`rtasidan ikkiga ajratib, aralashmaga soling-da, 25-30 daqiqaga marinadlab qo`ying. 
  • 2. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Ko`katlar va qaynatilgan tuxumni maydalab to`g`rang. Masalliqlarni aralashtirib, tuz, murch soling. 
  • 3. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. 
  • 4. Baliq go`shti bo`lagi ustiga avval pishloq qiridinsi, so`ngra qiymani soling. Qolgan pishloq qirindisini ham solib, ikkinchi bo`lak baliq go`shti bilan yoping. Istasangiz, ustiga mayonez surtish mumkin. Baliq go`shtini zar qog`oz (folga)ga o`rab, 250 darajada qizdirligan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. 

Tayyorlanish vaqti: 1 soat. 4 kishilik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA