Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.02.2016, 06:39

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Majlisda deputatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakilining 2015 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisobotni eshitdilar. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalarining va O`zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining majlislarida muhokama etilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan edi. 

Majlisda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili hisobot bilan so`zga chiqdi. 

Ta`kidlandiki, inson huquqlari to`g`risidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko`maklashish, ularga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish, fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish, aholining va davlat organlari vakillarining huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish hisobot yilida Ombudsman faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`ldi. 

Faoliyat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`mitalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqin hamkorlikda olib borildi. Ombudsman, shuningdek, parlamentning nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etdi. Ochiqlik va shaffoflikni ta`minlashda ishtirok etish, amnistiya akti qo`llanilishini monitoring qilish Ombudsman va uning hududiy vakillari faoliyatida alohida o`rin tutdi. 

Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo`yicha faoliyati «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida»gi hamda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi qonunlar normalariga qat`iy muvofiqlikda amalga oshirildi. Fuqarolar Ombudsmanga umumiy va elektron pochta orqali, shuningdek, «ishonch telefoni» orqali, shaxsan qabul qilish va joylardagi uchrashuvlar davomida murojaat etdilar. 

Aholining huquqiy madaniyatini va mansabdor shaxslarning habardorligini oshirish maqsadida Ombudsman hisobot yilida bir qator axborot-ma`rifiy tadbirlar – seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, konferensiyalar o`tkazdi, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarni tashkil etdi, noshirlik faoliyatida ishtirok etdi. 

Ombudsmanning xalqaro hamkorligini rivojlantirish xorijiy hamkorlar bilan ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama asosdagi aloqalarni kengaytirish yo`li bilan amalga oshirildi. 

Savol-javoblardan keyin Ombudsman hisobotining batafsil muhokamasi bo`lib o`tdi, muhokama davomida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O`zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining vakillari so`zga chiqdilar. 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии