Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Tom Kruz omadsiz plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o`tkazdi?

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:

Aktyor o`zining tashqi qiyofasi bilan barchani hayratga soldi.

Londonda o`tkazilgan BAFTA mukofotining taqdimot marosimiga tashrif buyurgan Tom Kruz tashqi qiyofasidagi o`zgarishlar — notabiiy silliq va sun`iy ifoda qotib qolgan yuzi  bilan muxlislarini hayratga soldi, deya xabar berdi “Elle.ru” nashri.

Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda “Tom Kruz navbatdagi missiyani bajarib, xalqaro botoks zahirasini o`g`irlagan ko`rinadi”, “U xuddi yuzini ari chaqib olgan odamga o`xshaydi” kabi izohlar qoldirishgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari ham, muxlislar ham Tom Kruz plastik jarrohga murojaat qilib, botoks in`eksiyalarini qabul qilgan, degan yagona xulosaga kelishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram