Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Psixologlarning fikricha, zamonaviy erkaklar go`zal emas aqlli ayollarni tanlashmoqda

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 17.02.2016, 06:52

Avstriyalik va amerikalik psixologlar zamonaviy erkaklar bugungi kunda ayol kishining tashqi go`zalligidan ko`ra, ichki dunyosiga, aqliga ko`proq e`tibor berishmoqda, degan xulosaga keldi.

Bu haqda “mir24.tv” nashri xabar beradi. Insburk va Shimoliy-G`arbiy universitetlarning mutaxassislari bir necha xalqlarning madaniyatini o`rganish jarayonida oxirgi o`n yil davomida kuchli jins vakillari o`zlariga umr yo`ldoshi qidirayotganda aqlli ayollarni tanlayotganini aniqladi.

Tadqiqot natijalari go`zallik ilgarigidek birinchi o`rinda emasligini ko`rsatdi. Zamonaviy erkaklar eng avvalo ayollarning aqliy qobiliyatlarini qadrlashmoqda, bu Evropa mamlakatlari va AQShda ko`proq ko`zga tashlanadi.

Professor Elis Iglining tushuntirishicha, erkaklar oila qurish haqida o`ylaganda, o`qimishli va oliy ma`lumotli ayol oila byudjetiga o`z hissasini qo`shishini ham e`tiborga olishadi, pul esa hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Olimlar yana qo`shimcha qilib, chiroyli, aqlli, ijobiy fazilatlarga ega ideal qizni topish katta omad ekanligini ham aytib o`tishdi. Buni erkaklar ham qo`llab-quvvatladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes