Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Kun hikmati

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:
Добавлено: 17.02.2016, 10:05

Ikki odam hech qachon kambag`al bo`lmaydi:
dono odam va qanoat sohibi.

Ikki ish ulug`likdan dalolat beradi:
ilmga muhabbat hamda shirinso`zlik.

Ikki narsa azizdir:
biri qo`l mehnati bilan topilgan boylik, ikkinchisi dilida do`stlik barqaror bo`lgan sodiq do`st.

Suqrotning aytishicha, ko`nglimizning ikki ofati bor:
birisi o`tgan ishga qayg`urish, ikkinchisi kelgusi ishni o`ylab g`am, alam chekishdir.

Ikki salbiy jihatlarga ega:
qarindoshligini uzgan odamga va qo`shnisiga yomonlik qiluvchiga Olloh nazar qilmaydi.

Ikki yomon xislat kishiga jam bo`lmaydi:
baxillik va badxulqlik.

Ikki narsa ko`ngilni fasodga eltadi:
biri to`la emoq, ikkinchisi to`la uxlamoq.

Tilning ikki ulkan ofati bor:
behuda, bema`ni so`zlarni so`zlash,
haq gapni aytmasdan sukut saqlash.

Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo`ladi:
halol yo`l bilan mol-mulk yig`ib, foydalanmagan odam va ilm olib, unga amal qilmagan kishi.

Ikki narsa borki, uning ozi ham ko`p:
biri adovat, ikkinchisi chaqimchilik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25