Му5
44

Samsung “aqlli” oyoq kiyim yaratdi

Hi-tech 17.02.2016, 10:57
4251
Samsung “aqlli” oyoq kiyim yaratdi

Samsung Mobile World Congress ko`rgazmasida “aqlli” oyoq kiyimni namoyish etadi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ushbu oyoq kiyimni Samsung's Creative Lab xodimlari tomonidan tuzilgan Salted Venture kompaniyasi ishlab chiqdi.

Yangi oyoq kiyim sensor bilan ta`minlangan. Ular oyoq kiyim egasidan qabul qilingan ma`lumotlarga asoslanib, oyoq kiyimni qulay kiyish borasida tavsiyalar beradi.

Hozirda Iofit deb nomlanuvchi mazkur oyoq kiyimlarining ikki xil ko`rinishi ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Birinchi turdagi oyoq kiyim an`anaviy krossovkaga o`xshaydi. Ikkinchisi esa golf o`ynash uchun mo`ljallangan oyoq kiyimni eslatadi. 

“Aqlli” oyoq kiyimlarning narxi ham ma`lum qilindi. Krossovkalar 199 dollar, golf oyoq kiyimi esa 299 dollardan sotiladi.

 

 

Шарҳлар