Му5
44

Hindistonda 7 dollarlik smartfon ishlab chiqariladi

Hi-tech 17.02.2016, 12:56
2638
Hindistonda 7 dollarlik smartfon ishlab chiqariladi

Hindistonning mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Ringing Bells kompaniyasi tez kunda mahalliy texnika bozorida eng arzon hisoblanayotgan smartfonni sotuvga chiqaradi, deb xabar beradi “Vesti”.

Freedom 251 smartfonini hindistonliklar shu haftadan boshlab 500 rupiy(taxminan 7 dollar)ga sotib olishi mumkin. Maishiy texnika bozorida bundan oldingi hamyonbop smartfon 1500–2000 rupiy (22–29 dollar)ga sotilayotgan edi. 

Kompaniya hozircha yangi smarfonning o`ziga xosliklarini oshkor etmayapti. Taxminlarga ko`ra, arzon smartfon faqat 3G-tarmog`ida ishlashga qodir oddiy Android-smartfon bo`lishi kutilmoqda.  

Ringing Bells kompaniyasi bundan oldin Hindistondagi eng arzon 4G -smartfonlardan birini sotuvga chiqargan edi. Uning narxi 44 dollarga teng.

Ringing Bells Freedom 251 uchun kerakli qurilmalarni chet eldan olib keladi. Gadjetning o`zi esa Hindistondan teriladi.

Шарҳлар