Osiyo chempionati sovrindori Murodjon Ahmadalievga Cobalt avtomobili topshirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.02.2016, 16:17

Namangandagi “Barkamol avlod” bolalar va o`smirlar sport markazida 2015 yil Qatarda o`tkazilgan boks bo`yicha Osiyo chempionatida kumush medalini hamda joriy yilda Braziliyada bo`lib o`tadigan Olimpiyada o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritgan  Murodjon Ahmadalievni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati.

Tadbirda viloyat hokimi X.Bozarov ishtirok etdi hamda Cobalt rusumli avtomashinani Murodjon Ahmadalievga tantanali ravishda topshirdi.

Shunisi quvonarliki, 2015 yilda Respublika va xalqaro sport musobaqalarida viloyat sportchilari tomonidan 1531 ta medallar qo`lga kiritilib, jumladan, 455 ta oltin, 446 ta kumush, 630 ta bronza medallarini tashkil etadi. Bu ko`rsatkich 2014 yilga nisbatan 291 taga (19.0%) ortgan.

Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarining o`zida 185 ta oltin, 198 ta kumush, 264 ta bronza jami 647 ta medal qo`lga kiritildi. Mazkur natijalarda Murodjon Ahmadalievning ham hissasi bor. U o`ziga berilayotgan imkoniyatni, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni davlatimiz, xalqimizning buyuk ishonch namunasi deb biladigan matonatli sportchilardan biri.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии