Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Baron”ning qo`lga chiqib ketishida “Panorama”ning qo`li bormi?

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 18.02.2016, 00:23

“Baron” filmi video “qaroqchilar” qo`liga Alisher Navoiy nomli kinosaroyning ehtiyotsizligi oqibatida tushib qolgan degan turli mulohazalar film qo`lma-qo`l bo`lib ketganidan so`ng xalq tomonidan ilgari surilgan eng birinchi tahminlardan biri bo`ldi.

Mazkur fikrlarning qanchalik haqiqatga yaqin? Bu savolga kinosaroy direktori o`rinbosari Husniddin Ergashev Kinorama.uz saytiga bergan intervyusida javob berdi.

- “Nafaqat “Baron” filmi balki boshqa filmlarning “pirat” disklari biz orqali chiqib ketmasligi ehtiyot choralari 100 foiz ko`rib qo`yilgan. Bundan tashqari kino ijodkorlari tomonidan olib kelingan disklarni ko`chirib bo`lmaydi, buni texnik tilda aytadigan bo`lsak, filmlar kodirovka kilingan. Har kuni film namoyishi tugagandan so`ng, film ijodkorlari kinoni o`zlari bilan olib ketishadi. Yana 8 nafar navbatchi xodim doimiy ravishda zallarda aylanib yuradi hamda tomoshabinlarni nazorat qiladi. “Baron” bizdan, ya`ni kinosaroydan tarqalgani haqidagi gaplar mutlaqo asosiz va uydirmadan boshqa narsa emas. “Baron” filmi hali ham tomoshabin kirishi jihatidan kinosaroyimidagi oldi filmlaridan biri hisoblanadi. Ammo film qo`lga chiqqach tabiiyki tomoshabinlarning soni ham keskin kamayishiga olib keldi”, - deydi saroy rahbari o`rinbosari.

 

DARAKCHI.UZ ENDI SIZ BILAN XAR JOYDA HAMROX!!https://t.co/4GguNaRZol pic.twitter.com/q8wSJPB7jF

— Darakchi.Uz (@darakchi_news) 15 fevralya 2016
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes