Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

19 fevral kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 18.02.2016, 12:57

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda  shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 14-16 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.   Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25