Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkent shahridagi yo`nalish taksilarida qaytim o`rniga gugurt berilayotgani ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

So`nggi vaqtlarda ayrim do`konlarda 100 yoki 200 so`mlik qaytimlar o`rniga biror narsa-buyum - gugurt, saqich berish hollari odatga aylandi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Ushbu odat endi yo`nalish taksilari (marshrutka)ga ham ko`chdi, deb yozadi “Uz24.uz” Facebook`dagi “Potrebitel.uz” guruhi a`zolaridan biri qoldirgan izohga asoslanib.

Juda hayratdaman! “Do`konlardagi fishka” - qaytim o`rniga gururt berish endi marshrutkalarda ham”, - deydi iste`molchi.

Guruhning boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu mavzu yuzasidan turli izohlar qoldirildi. Ulardan biri boshidan o`tganlarini ham esladi: “Avval non 400 yoki 450 so`m edi. Nonni doim bir do`kondan olardim. Qaytimiga gugurt berishardi. Gugurtlar mashinamda yig`ilib ketdi. Qutilar ma`lum miqdorda to`plangach, men ularni yana nonga almashdim. Baxtimga sotuvchi ham bu ishimni tushungandi”.

Ishtirokchilardan biri “balki gugurtlarga non sotib olishni yoki yo`lkira haqini to`lashni boshlarmiz”, deya kinoya ham qilgan. Boshqa biri esa u uchun 100 so`m pulning o`zi ma`qulligini aytgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Lady