Stomatologiyada qo`llaniladigan texnik uskunalar boj to`lovlaridan ozod qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.02.2016, 16:44

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8 fevraldagi qarori bilan chetdan olib kirishda bojxona to`lovlaridan(bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, ularning butlovchi qismlari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari ro`yxatiga qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda UzReport agentligi xabar bermoqda.

Endilikda ushbu ro`yxatga nafaqat tibbiyot yoki xirurgik, balki stomotologiyada ham qo`llaniladigan rentgen va radioaktiv nurlanish asosiga qurilgan apparatlar kiritildi. Xususan, O`zbekistonga import qilinayotgan rentgenografiya va radioterapiya, kompyuter va magnit- rezonans hamda pozitron-emissiyali tomografiya, shuningdek, nurlanishdan himoya qilish vositalari endilikda boj to`lovlaridan ozod qilinadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat