Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Oliy Majlis Senatida prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiya tuziladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.02.2016, 22:22

2016 yil 19 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hamda Qonunchilik palatasi Kengashining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. 

Majlisda prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazorati samaradorligini oshirish masalalari ko`rib chiqildi. 

Prokuratura oraganlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, prokuratura organlarining mamlakatimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlashga doir ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis Senati hamda Qonunchilik palatasi Kengashlarining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzish to`g`risidagi Qo`shma qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorga muvofiq Komissiya zimmasiga prokuratura organlari faoliyati ustidan, qonun ustuvorligini ta`minlash va qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo`yicha ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish, prokuratura organlarining huquqni qo`llash amaliyotini har tomonlama o`rganish va umumlashtirish, prokuratura organlari faoliyatini tartibga solib turuvchi qonun hujjatlarini, shuningdek, ularning huquqni qo`llash amaliyoti va ish usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi. 

Qarorda belgilanganidek, Komissiya a`zolari Senat tomonidan senatorlar orasidan, respublikaning barcha mintaqalarining vakili bo`lgan o`n besh kishidan iborat tarkibda Senat vakolati muddatiga saylanadi. 

Komissiya o`z oldiga qo`yilgan vazifalar bajarilishining borishi to`g`risida bir yilda ikki marta Senat Kengashi oldida hisob berishi belgilab qo`yildi. 

  

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25