Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Qazg`oqdan qutulish mumkinmi?

Бўлимлар: Lady
Теглар:

Sochda qazg`oq ko`payishi sizni tashvishga solayotgan bo`lsa, quyidagi reseptlar yordamida buning oldini olish mumkin: 

Qichitqi o`t (gazanda). Yangi uzilgan yoki quruq gazanda barglarini ezib, 1 stakan qaynoq suvga solib, bir kunga damlab qo`ying va ertasi kuni suyuqlikni dokadan suzib oling. Damlamani 2 oy davomida haftada 2 marta bosh terisiga surish lozim. 

Asal. Bir choy qoshiqdan asal, smetana, kanakunjut moyi va ikki bo`lak ezilgan sarimsoqpiyozni aralashtiring. Bu vosita sochlaringizdagi qazg`oqlarni kamaytirishda samarali yordam beradi. Mazkur niqobdan haftada bir marta foydalanishingiz mumkin. 

Limon sharbati. Yarimta limonni siqib, sharbatini ajratib oling. Kanakunjut, zaytun va kungaboqar yog`idan bir choy qoshiqdan olib, limon sharbatiga aralashtiring. Ushbu aralashmani soch yuvishdan yarim soat oldin sochlaringizga suring. 

Limon po`stlog`i. 6 dona limon mevasi po`stlog`ini ajratib olib, 1 litr suvga soling. Aralashmani 15 daqiqa qaynatish lozim, olovni o`chirib, damlamani sovuting, dokada suzib oling. Ushbu damlamada sochlaringizni haftada bir marta yuvishingiz mumkin. 
Yog`li qazg`oq bo`lsa yoki soch to`kilsa, bosh terisiga haftada 2-3 marta kalendulaning spirtli damlamasi surish mumkin. Sochlar sochiq bilan o`ralib, 30 daqiqadan so`ng iliq suvda yuviladi. 

Zaytun yog`i. To`rt osh qoshiq zaytun yog`ini qizdirib, unga yarimta limondan olingan sharbatni aralashtiring. Iliq massani bosh terisiga suring. Bir soatdan so`ng sochlaringizni odatiy haroratdagi suvda yuvib olishingiz mumkin.

Agar foyda bermasa… 

Agarda yuqoridagi reseptlar, damlamalar, niqoblar qazg`oqlarni yo`qotishga yordam bermasa, foydalanayotgan shampuningizni almashtiring. Ular, ehtimol sochlaringiz, bosh teringizni keragidan ortiqcha quritib yoki namlantirib yuborayotgandir. Doimo katta-katta shakldagi qazg`oqlar sizni bezovta qilsa, dermatologga murojaat qilib ko`ring: qazg`oqlarni teri zamburug` kasalliklari chaqirgan bo`lishi ham mumkin. Qazg`oqdan umrbod qutulishning iloji yo`q, teri ma`lum fursat ichida yangilanib turishi odatiy hayotiy jarayondir. Biroq ularni yuqoridagi reseptlar yoki mutaxassis maslahati va ko`magi bilan kamaytirish mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии