Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Jonni Depp kinoni tark etadi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 20.02.2016, 19:38

Gollivudning taniqli aktyori Jonni Depp kinolarda vaqtinchalik ko`rinmay qolishini ma`lum qildi, deb yozadi “Vesti” nashri.

“Karib dengizi qaroqchilari” filmi yulduzi bir muddat o`zini musiqaga bag`ishlaydi. U o`zining eski qadrdonlari Elis Kuper va Jo Perri bilan The Hollywood Vampires rok-guruhini tuzdi.

Deppning so`zlariga ko`ra, u do`stlari bilan albom yozib, dunyo bo`ylab gastrol safarlariga otlanishni rejalashtirmoqda. Mazkur sayohat qancha vaqt davom etishi ma`lum emas, biroq The Hollywood Vampires guruhi yaqin kunlar ichida Viskonsin, Nyu-York va Lissabon shaharlarida gastrol konsert o`tkazishi belgilangan.

Jonni Depp ishtirokidagi guruh 2015 yilda tuzilgan. Ular ilk marotaba o`tgan yili “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimida chiqish qilgan edi. O`shanda guruh a`zolari Motorhead guruhining saratondan vafot etgan asoschisi Lemmi Kilmister xotirasiga bag`ishlab, guruhning "Ace Of Spades" qo`shig`ini ijro etgan edi.

 

 

 

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

Savol-javob

SUG'DIYONA