Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentda ilk marta dietologiya markazi ochiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

Joriy yil “Sog`lom ona va bola” yili deb e`lon qilinganligi munosabati bilan, Toshkentda dietologiya markazini tashkil etiladi, deb xabar beradi "Sputnik" nashri.
2016 yilda tashkil etiladigan Respublika dietologiya o`quv-ilmiy markazi tekshiruvdan o`tish orqali, noto`g`ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xastaliklarni aniqlash imkonini beradi.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda aholining 20,2 % ortiqcha vaznga ega. Katta yoshdagi aholining 67,2% Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan normalardan kamroq meva va sabzavotlar iste`mol qilishlari ma`lum.

Ammo mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasida so`nggi 10 yilda vazni tibbiyotda ko`zda tutilgan me`yordan kam bo`lgan bolalar ikki barobardan ziyod kamaygan, ularning bo`yi o`rtacha 3 santimetrga o`sgan. Xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaygan. Aholining o`rtacha umr ko`rish ko`rsatkichi oshib bormoqda.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии