Fiji: “Uinston” to`foni tropik orolga ajal urug`ini sochmoqda

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 22.02.2016, 10:37

Tinch okeanning Fiji qirg`oqlarida “Uinston” to`foni o`n etti kishining hayotdan ko`z yumishiga sababchi bo`ldi, etti baliqchi bedarak yo`qolgan, deya xabar berdi “Vesti” nashri. 

Insonlarning o`limiga to`fon oqibatida vayron bo`lgan binolarning siniqlari sabab bo`lgan. Halok bo`lganlarning yarmi suvga cho`kib ketgan. To`fonning tezligi soatiga 22 kilometrni, bo`ronning shiddati ba`zi joylarda soatiga 325 kilometrni tashkil etgan. Qurbonlar soni oshib bormoqda. Orolda maktablar yopilgan, xalqaro parvozlar bekor qilingan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии